Andijonda Milliy gvardiya xodimi YTHga uchrab vafot etdi

23-aprel kuni Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani hududidan o‘tgan Baliqchi–Andijon avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tayanib «Daryo» xabar tarqatgan.

Xo‘jaobod tumanida yashagan haydovchi, Milliy gvardiya viloyat qo‘riqlash boshqarmasi alohida batalon safdor xodimi N.D. xizmatdan tashqari vaqtida o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtomobilini boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida oqib o‘tgan ariqqa tushib ketgan.
Natijada mashina saloni suvga to‘lgan, haydovchi undan chiqa olmay voqea joyida vafot etgan.
Xabarda aytilishicha, ushbu ish yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter