Andijonda kuchli sel kelishi oqibatida ikki bola qurbon bo‘ldi
Joriy yilning 6-may kunidan 7-may kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 lardan 03:30 larga qadar Andijon viloyati Xonobod shahrining Teyit va Xidirsha MFYlarida kuchli sel kelishi tufayli 700 ga yaqin xonadonlar zararlangan.
YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, yog‘ingarchilik sababli Qirg‘iz ariq kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan 2013 va 2018 yilda tug‘ilgan farzandlari selda oqib ketishi sababli vafot etgan.
Hozirda tabiiy ofatni bartaraf etish uchun Andijon viloyati IIB YXXB xodimlari tomonidan zarur kuch va vositalar hamda maxsus texnikalar jalb etilmokda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter