Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda karantin vaqtida «hashar» uyushtirilgani aytilmoqda

Andijonda karantin vaqtida «hashar» uyushtirilgani aytilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘ylab karantin tadbirlari e’lon qilingan va bu amal qilmaganlar jazoga tortilayotgan bir sharoitda Andijon viloyatida bir qator budjet tashkilotlari xodimlari ko‘cha tozalashga olib chiqilgani aytilmoqda. «Xabar.uz» tasarrufiga jarayon aks etgan fotosuratlar kelib tushdi.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 31 mart kuni hashar bahonasida obodonlashtirish xodimlaridan tashqari bankirlar, moliyachilar, hokimiyat xodimlari ko‘cha tozalashga olib chiqilgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, hokimiyat mansabdorlari tomonidan ular erta tongdan «hashar»ga olib chiqilgan. Obodonchilik ishlari aeroportdan to shaharning  markaziy ko‘chalarigacha olib borilmoqda, shuningdek, Xo‘jaobod tumanida kurilayotgan «Andijon shaharchasi» massivida «hashar» avjiga chiqqan.

Koronavirus pandemiyasi xavf solib turgan bugungi sinovli kunlarda hech bir sabab insonlarning hayotini xavfga qo‘yib, bunday «hashar»larda to‘plashga majbur qilmasligi kerak. Holbuki, Andijonning o‘zida bir nechta shifoxona karatinga olingan, shaharga kirish-chiqish yopilgan, eng asosiysi, shu shaharning o‘zida o‘nga yaqin bemor davolanmoqda.

Tegishli tashkilotlar ushbu holatni o‘rganib, vaziyatga xolis baho berishlarini kutib qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring