Andijonda imtiyozli MTTlar soni qisqartirildi
Andijon viloyatida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur o‘tkazilmoqda. Unda «Xabar.uz» muxbiri ham qatnashmoqda.
Muxbirimizning «Nogironligi bor bolalar uchun ham MTT muassasalari bormi» deya bergan savoliga Andijon viloyati MTB boshlig‘i Azizbek Azimov quyidagicha javob berdi.
«Viloyatimizda 2019 yil oxirigacha 11 ta imtiyozli MTT bor edi. Hozirda ularning soni 5 taga qisqartirildi. Sababi maxsus komissiya tuzilib, tekshiruv o‘tkazilganida 80 foiz sog‘lom bolalar davlat hisobidan ushbu muassasalarda tarbiyalangani aniqlangan. Ular MTTga noqonuniy ravishda joylashtirilgan. Hozirgi kunda ular davlat MTTlariga ko‘chirilgan», dedi Azizbek Azimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter