Andijonda homilador ayolga elektroshoker ishlatgan bosqinchi ushlandi
2021-yilning 2-mart kuni soat 10:00 larda noma’lum shaxs yuzlariga niqob taqib olib elektroshoker bilan qurollangan holda Marhamat tumani Turon MFY.da yashovchi homilador bo‘lgan 28 yoshli Nilufar T.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kiradi.
Bosqinchi Nilufar T.dan taqib olgan tilla-taqinchoqlarini berishini talab qilib, unga elektroshoker bilan hujum qilib, taqinchoqlarini zo‘rlik ishlatib tortib oladi va devor oshish yo‘li orqali uydan chiqib qochib ketayotgan vaqtida mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan ushlanadi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Mansurbek M. sodir qilganligi aniqlanib, tilla-taqinchoqlar va elektroshoker moslamasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Mansurbek M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter