Andijonda bojxona posti boshlig‘i hibsga olindi
Andijonda bojxona posti boshlig‘i hibsga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining bojxona sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan lavhasida ma’lum qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 3-mart kuni Andijondagi «Do‘stlik» postida yuk mashinasi to‘xtatiladi va unda 5780 dollarlik yuk borligi aytiladi.
Postda tovarlarni tekshirish iloji bo‘lmagani sababli yuklar Andijon Tashqi iqtisodiy faoliyat postiga yo‘naltiriladi. U yerda yuklar «qizil» yo‘lakka yo‘naltiriladi.
Lekin oradan biroz vaqt o‘tgach yuklar qo‘yib yuboriladi. Lekin bu hammasi tugadi degani emasdi. Maxsus guruh ishtirokida yuklar Andijon shahrida to‘xtatiladi va mashina yukxonasida naq 5 mlrd 565 million so‘mlik tovarlar borligi ma’lum bo‘ladi. Agar bu yuklar qonuniy yo‘l bilan import qilinganda, davlat budjetiga 1 mlrd 944 mln. so‘m bojxona to‘lovlari to‘langan bo‘lardi.
2022-yil 19-mart kuni Bojxona qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Andijon Tashqi iqtisodiy faoliyat posti boshlig‘i va uning ikki xodimi shu yerning o‘zida hibsga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter