Andijonda besh avtomobil o‘zaro to‘qnashib ketdi

19-aprel kuni Andijon viloyati, Andijon tumani beshta avtomobil o‘zaro to‘qnashib ketdi.
Natijada haydovchilar:
1) 2002-yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli;
2) 1993-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi yana bir «Lacetti» rusumli;
3) 1999-yilda tug‘ilgan Sh.E. boshqaruvidagi «Damas» rusumli;
4) 1987-yilda tug‘ilgan Z.T. boshqaruvidagi «Tico» rusumli;
5) 1986-yilda tug‘ilgan F.Sh. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, «Damas» avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas