Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 4 kishining bandligini ta’minlash uchun olingan kreditni «tuya» qilganlar ushlandi

Andijonda 4 kishining bandligini ta’minlash uchun olingan kreditni «tuya» qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa hamda Xo‘jaobod tumanlarida turli maqsadlarda olingan kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «E.V. » MChJ rahbari M.M. va boshqalar tijorat banki filialidan 4 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida jami 125,6 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, amalda ularga tikuv dastgohlari yetkazib bermasdan, ushbu mablag‘larni naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «A.T. » xususiy firmasi rahbari A.A., yakka tartibdagi tadbirkorlar «T.T.» va «T.P.» bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan xususiy firmaga mebel ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish maqsadida uskuna hamda xom ashyo mahsulotlarini sotib olish uchun ajratilgan 610 mln so‘m kreditni ikki YaTTning hisob raqamlariga o‘tkazib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «T.B.» va «M.M.» MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan «T.V.» MChJga dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uskunalarni sotib olish maqsadida ajratilgan 2,3 mlrd so‘m kreditni «M.M.» MChJga o‘tkazish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring