Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bedarak yo‘qolgan 18 yoshli qizning onasi murojaat qildi

Andijonda bedarak yo‘qolgan 18 yoshli qizning onasi murojaat qildi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida bedarak yo‘qolgan qiz qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi

Qayd etilishicha, Xo‘jaobod tumani, «Navoiy» MFY, Obihayot ko‘chasi 10-uyda yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan Xoldaraliyeva Barnoxon 2023 yilning 7 dekabr kuni soat 11:30 lar atrofida yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. 

Ushbu shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan zudlik bilan 102 ishonch raqamiga yoki Andijon tumani IIBning 74 741-13-28 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

 

Shuningdek, qizning onasi ham videomurojaat qilib, qizi sim-karta olish uchun chiqib ketganicha qaytmaganini bildirdi va uni topishda ko‘mak so‘radi.

«Barnoxon, videoni ko‘rayotgan bo‘lsang qayt. Qayerda bo‘lsang ham uyga qayt, bolam», deydi qizning onasi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring