«Andijon — Xiva — Andijon» poyezdi qachondan yo‘lga qo‘yilishi aniq bo‘ldi
Prezident topshirig‘ini bajarish maqsadida Farg‘ona vodiysi va O‘zbekistonning boshqa viloyatlarini temir yo‘l transporti bilan uzviy bog‘lash, ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha 651/652-sonli «Andijon — Xiva — Andijon» yo‘lovchi poyezdi qatnovi joriy yilning 28 sentyabr kunidan yo‘lga qo‘yildi.
Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
2022-yilning 29-sentyabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan «Andijon — Buxoro» yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.
Yo‘lovchi poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Unga ko‘ra, 651/652-sonli «Andijon — Xiva — Andijon» yo‘lovchi poyezdi 2022-yilning 28- sentyabr haftaning chorshanba kunidan boshlab Andijondan, 2022-yilning 29-sentyabr haftaning payshanba kunidan boshlab Xivadan jo‘naydi.
391/392-sonli «Andijon — Urganch — Andijon» yo‘lovchi poyezdi harakati 2022-yil 29- sentyabrdan haftaning payshanba kuni Andijondan va haftaning juma kunidan boshlab Urganch bekatidan harakatlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter