Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati hokimligi binosi oldida tartibsizlik yuzaga keldi

Andijon viloyati hokimligi binosi oldida tartibsizlik yuzaga keldi

Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimligi binosi oldida fuqarolar bilan yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar o‘zlarining shaxsiy murojaatlari bilan viloyat hokimligi binosi oldiga kelgan. Murojaat bilan kelgan fuqarolar yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganligi uchun tartibsizlik yuzaga kelgan. 

Shu kunning o‘zida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Egamberdiyev tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi. Shuningdek, ushbu fuqarolarga viloyat hokimining qabuli tasdiqlangan jadvalga asosan har oyning oxirgi shanba kunida o‘tkazilishi tushuntirildi. 

Ma’lumot uchun: Murojaat bilan kelgan aholining murojaatlari ro‘yxatga olinib, ijrosini ta’minlash uchun tegishliligi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yuborildi va nazoratga olindi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring