Andijon. Shifokorga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokoriga tajovuz qilindi. Tajovuz qilgan shaxs shu joyda davolanayotgan bemor ayolning o‘g‘li ekani aytilmoqda. Uning bunday xatti-harakati onasining muolajasi bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli katta.
Shifokorga nisbatan tajovuz sodir etilganini Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ham tasdiqladi. Unga ko‘ra, 21-avgust kuni soat 12-00larda fuqaro A.F. Andijon viloyati kup tarmokli tibbiy markazining bo‘lim mudiri Sh.B. xonasiga kirib, uni bo‘g‘ib, qo‘llarini bog‘lab, o‘ldirish bilan qo‘rqitadi. Shuningdek, o‘zi bilan olib kirgan 1 dona 1,5 litr hajmdagi yelim idishda bo‘lgan tez yonuvchi benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, atrofdagilarga xavfli usulda qasddan mulkka shikast yetkazmoqchi bo‘lganda bo‘limning boshqa shifokorlari tomonidan to‘xtatib qolingani natijasida harakatlarini oxiriga yetkaza olmaydi.
Mazkur holat yuzasidan 22.08.2019 yil kuni Andijon shaxar IIB TB tomonidan JK 112-moddasi 1-kismi va 25, 173-moddasi 2-kismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter