Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahrini haliyam sobiq hokim «boshqaryaptimi»?

Andijon shahrini haliyam sobiq hokim «boshqaryaptimi»?

Andijon viloyatining rasmiy veb-saytidagi ma’lumotga asoslanilsa, Andijon shahar hokimi hamon o‘zgarmagan, Bahrom Haydarov uni «boshqaryapti» (skrinshotga qarang).

Viloyat hokimligining matbuot xizmati yaxshi ishlamagani uchun saytdagi juda ko‘plab xabarlar eski, yangilanmagan.

Aynan olib borilayotgan ochiqlik siyosati yuzasidan ishlarni yetarli tashkil etmagani, OAV va jamoatchilik bilan aloqalarni tizimli yo‘lga qo‘ymagani uchun Andijon shahri hokimi B.Haydarov hukumat tomonidan ogohlantirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, G‘afurjon Abdurahmonov Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon shahri hokimi etib tayinlangan edi.

Shaharning sobiq hokimi Bahrom Haydarov katta miqdorda pul o‘zlashtirishda ayblangan, keyinroq protsessual tartibda ushlangan va qamoqqa olingan edi. Ammo qamoqqa olingan kunlari ham bir necha muhim hujjatlarga imzo qo‘ygani Xabar.uz e’tiborini tortgandi.

Adliya vazirligi elektron shaxsiy kabineti orqali hokimiyat vakili hokim nomidan imzo qo‘ygani va shaxsiy kabinet bloklanganini bildirgan. Ushbu holatni Bosh prokuratura o‘rganmoqda.

Keyinroq yangi hokim yuqorida imzolangan barcha hujjatlarni bekor qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring