Andijon shahar hokimiga tegishli ekani aytilgan audio tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovga tegishli ekani aytilyotgan audioyozuv tarqaldi. Unda hokim fuqaroni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Shahar hokimiga qo‘ng‘iroq qilgan shaxs o‘zini Omadbek deb tanishtiradi, hokim esa «telefon qilaverma», deya uni haqoratu so‘kishlar bilan «siylaydi».
Murojaatchi esa unga haqorat qilmaslikni so‘rab, «ijara pulini berasiz yoki uyimni tiklab berasiz», deydi.
Ma’lum qilinishicha, andijonlik fuqaroning uyi «snos»ga tushgan. Ijaraga chiqib turishga majbur bo‘lgan oilaga «Sulton house» quruvchi firmasi ijara puli bermay kelmoqda, uy esa hali bitmagan. Muammolar girdobida qolgan odamlar hokimga ko‘p marotaba murojaat qilishgan, ammo bu samara bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter