Andijon-Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd izidan chiqib ketdi (video)

Bugun, 12-dekabr kuni Andijon-Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan poyezd avariyaga uchragan.
«Vodiy bozor» kanalida tarqatilgan videoga ko‘ra, Izboskan tumani, Poytug‘ shahrida yo‘lda ketayotgan poyezd relsdan chiqib, zovurga tushib ketgan.
Quyuq tuman ushbu hodisaga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter