Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m «tuya» qilingan

Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m «tuya» qilingan

Hisob palatasi o‘tkazgan tekshiruv jarayonida Andijon davlat universitetida stipendiya to‘lovlari orqali mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlandi.

Shubhali holatlar tekshirilganida jami 39,3 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan:

  •  kontrakt mablag‘lari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 761 nafar talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
  • talabalar tomonidan to‘langan 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
  • talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
  • budjet mablag‘lari hisobidan 2 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;
  • talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzib, shundan 300 mln so‘mi noto‘g‘ri o‘tkazilgan.

Aniqlangan noqonuniy o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 5,1 mlrd so‘mi undirilishi ta’minlandi.

Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring