Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amity Universiteti bilan UZINFOCOM memorandum imzolashdi

Amity Universiteti bilan UZINFOCOM memorandum imzolashdi

Toshkentdagi Amity Universiteti va Yagona integrator UZINFOCOM hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar.

Amity – dunyodagi eng ko‘p dasturchilarga ega bo‘lgan Hindistonning yirik IT sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Toshkentdagi Universitet dasturi asosiy to‘rt yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarga ta’lim berishga mo‘ljallangan: Engineering (Computer science and Engineering), Arts (Economics), Technical (IT) va Management (MBA).

Dastur keng va ko‘p qirrali ixtisoslikdagi mutaxassislarni, ya’ni dasturchidan boshlab ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) boshqaruvchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan. Yaqin kelajakda O‘zbekiston juda ko‘p sonli MQIMga ehtiyoji katta ekanligi aniq. Mahalliy mutaxassislar to‘xtovsiz tunu kun ishlashga mo‘ljallangan ushbu yuqori texnologik ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish va boshqarishlari kerak.

«Hozirgi kunda bozorda yuqori talabga ega mutaxassisliklar — tizim arxitektorlari, ma’lumotlar bazasi analitiklari, tizim analitiklari va ma’murlari hisoblanadi. Bozorda yirik raqamli korxonalar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini biladigan moliyashunos va oddiy buxgalterlar juda kam. Rivojlanayotgan raqamli bozor o‘ziga xos kasblarni borgan sari talab qilmoqda. Biz aynan ushbu darajadagi mutaxassislarni tayyorlaymiz. Bizning kelishuvimizning mohiyati shundaki, talabalar amaliy malakalarini oshirish, Universitet UZINFOCOM xodimlari bilan birgalikda bilimlarni bo‘lishish imkoniyatiga ega. Bizga Hindiston va boshqa mamlakatlardan yuqori toifali professorlar va mutaxassislar tashrif buyurishadi. Biz hamkorlarimizni taqdimot va mahorat darslariga taklif qilishga tayyormiz. Talabalar uchun bilimlarini amalda qo‘llashlari muhim hisoblanib, ular jarayonlarni optimillashtirish va yangi yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari mumkin», — deb izohladi Toshkentdagi Amity Universitetining ma’muriyati direktori Bobur Abdullayev.

UZINFOCOM Bosh direktori Emil Gimranov imzolangan hujjatga quyidagicha izoh berdi:

«UZINFOCOM MQTM operatori hisoblanadi va asosiy davlat resurslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Tuzilishi o‘zaro uyg‘un bo‘lib, uning barcha tarkibiy qismlari bir xil ahamiyatga ega. Bizga yuqori malakali mutaxassislar va eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanishimiz kerak. Yaxshi natijalarga ega bo‘lgan talabalarni malaka oshirishlarini ta’minlash va ta’lim olish bosqichida ham shartnomalar tuzishga tayyormiz. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish ushbu talabalar zimmasida va amaliy ko‘nikmalar esa ular uchun juda foydali bo‘ladi. Universitetning bizning xodimlarimizni jahon miqyosidagi axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarining mahorat-darslari va taqdimotlariga taklif qilish taklifi katta ishtiyoq bilan qabul qilindi, zero muloqot — o‘z darajangizni bilish hamda yanada samarali va yaxshiroq bo‘lishga intilish yo‘lidir». 

Amity Universiteti yigirma yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda va butun dunyo bo‘ylab vakolatxonalari, 300 dan ortiq laboratoriyalar hamda o‘z tadqiqot va rivojlantirish markaziga (R&D) ega.

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator UZINFOCOM 2002-yilda yaratilgan. Elektron hukumat markazi operatori hisoblanadi, Davlat xizmatlari portalini (YaIDXP) yuritadi va ko‘plab hukumat veb-saytlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring