Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZINFOCOM «Nur» bolalar oromgohida xayriya aksiyasi o‘tkazdi

UZINFOCOM «Nur» bolalar oromgohida xayriya aksiyasi o‘tkazdi

Yagona integrator UZINFOCOM kompaniyasining 20 yilligi munosabati bilan «NUR» bolalar oromgohida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 30-son «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilari uchun xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kompaniya tomonidan imkoniyati cheklangan va alohida e’tiborga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Xabar.uz muxbiri ham ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, UZINFOCOM uchun bu bir martalik aksiya emas, balki ko‘p yillik xayriya ishlarining davomi bo‘lib, undan og‘ir vaziyatga tushib qolgan insonlarga yordam berish, ijtimoiy loyihalarda ishtirok etishni maqsad qilingan.

«Do‘stlik» posyolkasidagi o‘tkaziladigan tadbir ham bunga yorqin misol bo‘la oladi. UZINFOCOM jamoasi Yangi yil bayrami oldidan qishloq aholisiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tashrif buyurib, bolajonlarga sovg‘alar ulashgan edilar. Shuningdek, qishloqda yashovchi yolg‘iz keksaning uyi ham kompaniya tomonidan ta’mirlab berildi.

Bundan tashqari, UZINFOCOM «BlagoDaryu!», «Faxrli inson» kabi ko‘ngilli xayriya loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Xuddi shuningdek, Yagona integrator UZINFOCOM kompaniyaning 20 yilligi munosabati bilan 30-son «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilari davrasida ana shunday muhim sana nishonlandi.

UZINFOCOM Bosh direktor Gimranov Emil Ildarovich ushbu tadbirda tabrik so‘zi bilan chiqish qildi:

«Bu yil UZINFOCOM o‘zining 20 yilligini nishonlamoqda. Shu yillar mobaynida kompaniya tarixida yuksalishlar va pasayishlar, yutuqlar va yo‘qotishlar bo‘ldi. Ammo biz doimo insonlarga nafaqat shirin so‘zimiz orqali, balki amalda ham yordam berishga harakat qildik. 20 yil kompaniya uchun qisqa vaqt bo‘lishi mumkin, ammo insoniy o‘lchovda bu bir inson kamolga yetadigan, yetuk va ongli yoshdir. Bu yoshda inson nafaqat o‘zi, balki o‘zgalar, ayniqsa, yosh avlod uchun ham mas’uliyatni his etadi. Bugun esa biz bu kunni sizlar bilan o‘tkazishga, bayram tuhfa qilishga va sizni kompaniyamiz hamda axborot texnologiyalari bilan biroz tanishtirishga qaror qildik. Ehtimol, ertaga sizlardan biringiz ushbu yo‘nalishni o‘z kasbingiz sifatida tanlarsiz. Xulosa qilib aytganda, siz bilan muloqot qilishning ajoyib imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman hamda barchaga omad, sog‘liq va yangi maqsadlar sari intilishni tilayman. Rahmat!» — dedi Emil Gimranov.

Rasmiy ochilishdan so‘ng bayramona ko‘ngilochar dastur boshlandi - katta sirk tomoshasi, sovun pufakchalari shousi, o‘zining sirli dasturiga ega ko‘zboylog‘ichlar shousi o‘tkazildi. Bolalar ularni ko‘rib, xursand bo‘lib tabassum qilishdi va shodlanishdi, o‘zlarini xuddi sehrli mamlakatdagidek his qilishdi va mo‘’jizalar ishtirokchilariga aylanishdi.

Shu bilan birga, bolalar uchun tanlov va musobaqalardan iborat sport dasturi tashkil etildi. Turli-tuman musobaqalar hamda yorqin namoyishlar har bir bola uchun o‘zi istagan ko‘ngilochar tadbir bilan mashg‘ul bo‘lishga imkon berdi, hech kim e’tibor va yaxshi kayfiyatdan chetda qolmadi. Ularga sovg‘alar ulashildi va shundan so‘ng bolalar UZINFOCOM xodimlari tomonidan alohida mehr bilan tayyorlangan bayramona kechki ovqatga yo‘l olishdi.



Kunning oxirida, raqs maydonchasi bolalar bilan to‘lib-toshdi. Ular harakat estetikasi va musiqani tushunishlarini namoyish etib, xoreografiyadan o‘zlarining yaxshigina iste’dodlarini namoyish etdilar. Bolalar bu yerda ham ijobiy his-tuyg‘ular qurshovida bo‘lishdi. Ko‘tarinki ruxda o‘tkazilgan bayram tadbiri qalblarga cheksiz surur baxsh etdi, undan barcha birdek mamnun bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring