Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti ochildi (video)

«Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti ochildi (video)

Bugun, 21-dekabr kuni Markaziy Osiyodagi eng yirik zamonaviy «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti rasman ochildi.

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi ushbu maskan Markaziy Osiyodagi eng yirik kurort bo‘lishi va turistlar oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Loyihaga 80 million yevrodan ortiq investitsiya jalb etildi. Ushbu tog‘ kurorti 892 gektar maydonni egallagan va 580 o‘ringa mo‘ljallangan. Qurilish ishlariga Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya, Daniya kabi davlatlardan yetakchi kompaniya mutaxassislari jalb etildi. Qisqa muddat – 2 yilda turizm, dam olish, qishki sport maskani barpo etishga erishildi.

Kurortda uzunligi 3 kilometrdan ziyod 2ta osma dor yo‘li va umumiy uzunligi 10 km. bo‘lgan 10ga yaqin tog‘-chang‘i trassalari mavjud. Shuningdek, salkam 22 kilometrli dor yo‘li bo‘lib, o‘tkazish qobiliyati soatiga 2400 kishini tashkil etadi. Dor yo‘li Avstriyaning yetakchi kompaniyasi tomonidan qurildi. 

Dam oluvchilarga esa 40ta yog‘och uylar, 3ta restoran, sport maktabi, tog‘ chang‘isi va boshqa uskunalarni ijara olish mumkin bo‘lgan markaz, vertolet maydonchasi ham barpo qilingan.

Narxlar qanaqa?

Boshlang‘ich narx kuniga 5 dollar, kabinada ko‘tarilish bilan birga kunlik to‘liq narx esa 20 dollar. Shuningdek, 6 million so‘mga yillik abonement sotib olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring