Amerikalik o‘zbeklarning farzandlari O‘zbekistonga mehmonga keldi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi Amerika Qo‘shma shtatlarida istiqomat qilayotgan o‘zbek vatandoshlar rahbarlari va faollari bilan «AQShdagi vatandoshlar bilan madaniy va ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish» masalalarida qator amaliy ishlarni amalga oshirmoqda.
Joriy yilning 8 iyul kuni Chikago shahridagi «O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi» prezidenti Olim Sharipov rahbarligida bir guruh o‘zbek vatandoshlarimizning farzandlari tarixiy yurtlariga tashrif buyurishdi. Ular 20 kun davomida O‘zbekistonda mehmon bo‘lishadi, qarindoshlari bilan uchrashib, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Yusufxona» qishlog‘idagi «Yoshlik» bolalar oromgohida yozgi tatil mavsumida xordiq chiqarib dam olishadi.
«Umuman olganda, Amerikaga ko‘chib ketgan vatandoshlarimizning eng katta tashvishi o‘sib kelayotgan yosh avlodning o‘z tili, dini va madaniyatini esidan chiqarmaslik borasidagi sayi-harakatlarni amalga oshirish. Yechilishi talab etiladigan yana bir muammo, bu maktablarda ochilgan maxsus o‘zbek sinflari uchun o‘quv qo‘llanmalar, bolalar uchun badiiy adabiyotlar, O‘zbekiston haqidagi turli filmlarni yetkazib berish. Bularning hammasi Amerikadagi vatandoshlarimiz bolalari va nabiralarining ona yurtlari O‘zbekiston bilan rishtalarini bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi»,-deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter