Amerikalik diplomat Estoniyadan eski «Jiguli» sotib oldi
AQShning Estoniya elchixonasidagi siyosiy maslahatchisi Brayan Timm-Brok 1987-yilda ishlab chiqarilgan «VAZ 2106» avtomobilini sotib oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
Diplomatning aytishicha, u doim boshqalarning e’tiboriga tushadigan mashinasi bo‘lishini orzu qilgan.
«O‘ylashimcha, yaxshi tanlov qildim. Otamdan farqli o‘laroq, men sifatga emas, balki qiziqarli ko‘rinishn birinchi o‘ringa qo‘ydim», deydi diplomat.
Brokning ta’kidlashicha, «Jiguli» uning ilk shaxsiy mashinasi va uni 30 yoshga to‘lishi arafasida sotib olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter