Amerikalik 104 yoshli gangster vafot etdi
Sonni laqabli amerikalik taniqli gangsterlardan biri Jon Franseze 104 yoshida Nyu-Yorkdagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «Sky News».
Franseze Kolombo mafiya oilasining a’zosi sifatida tanilgan. Bu jinoiy guruhga 33 yoshida borib qo‘shilgan. 1990-yillarning o‘rtalarigacha mafiya iyerarxiyasida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Gangster qotillik va bank o‘g‘irligi yuzasidan bir necha marta sudlangan. Oxirgi marta u 2011-yilda qamoq jazosiga hukm qilingandi. Biroq 2017-yilda keksayib qolgani uchun ozodlikka chiqarilgan.
Fransezening uchta o‘g‘li, ikkita qizi va ko‘plab nevaralari bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter