Alyaskada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Alyaskada 6,4 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com».
AQSh Geologiya va qidiruv markazi (USGS) mahalliy vaqt bilan 15:00 da sodir bo‘lgan zilzilaning 6,4 balli ekanini ma’lum qilgan.
Yer silkinishi Kaktovik shahri janubiy-g‘arbidan 84 kilometr uzoqlikda kuzatilgan.
Yerning 9,9 kilometr chuqurligida yuzaga kelgan zilzila oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter