Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aloqa sohasi faxriysi Muhammadnozim Atamuhamedov vafot etdi

Aloqa sohasi faxriysi Muhammadnozim Atamuhamedov vafot etdi

Muhammadnozim Atamuhamedov

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Aloqa vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan, «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi jamoasini uzoq yillar boshqargan aloqa sohasi faxriysi Muhammadnozim Atamuhamedov 71 yoshida vafot etdi.

Muhammadnozim Atamuhamedov 1949-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.

O‘rta maktabdan so‘ng Toshkent aloqa politexnikumi,  so‘ngra Toshkent elektrotexnika aloqa institutida tahsil olgan. 1975-1978-yillarda Moskva elektrotexnika aloqa instituti aspiranturasida o‘qib,  nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va texnika fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘lgan.

«Xabar.uz» ijodiy jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring