Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamma rozi: yoqutlar 180 ta qishloqda aroq-vino do‘konlarini yopishdi

Hamma rozi: yoqutlar 180 ta qishloqda aroq-vino do‘konlarini yopishdi

Foto: «Ykt.ru»

Yoqutiston shimolida joylashgan Jigansk qishlog‘ida 9-sentyabr kuni alkogolni batamom taqiqlashga qaratilgan referendum o‘tkaziladi. «RBK» yozishicha, bu haqda respublika markaziy saylov komissiyasi xabar bergan.

Saylov komissiyasi Jigansk qishlog‘ida spirtli ichimliklar sotilishiga qarshi referendum o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan. Shu qishloq oqsoqoli Vasiliy Sorokinning aytishicha, alkogolni qishloqlarda taqiqlash osonroq va bu ko‘pchilikning ovozi bilan hal bo‘ladi, keyin qonun loyihasi sifatida mintaqaviy parlamentga yuboriladi.

Garchi olis shimol bo‘lishiga qaramay, Jigansk kattagina qishloq — 3,3 mingdan ziyod aholisi bor.

Yoqutistonda 2012-yildan beri spirtli ichimliklarga qarshi kurash kampaniyasi ketyapti. «Ykt.ru» xabar berishicha, 2018 yil-iyun oyiga kelib shimoliy o‘lkada aroq-vino do‘konlaridan xoli aholi maskanlari soni 180 taga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring