Alisher Usmonovning ulkan yaxtasi musodara qilindi
Germaniya hukumati Rossiyaning Ukrainaga harbiy harakatlari munosabati bilan Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning yaxtasini musodara qildi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.
Rossiyalik oligarxning yaxtasi Gamburgdagi Blohm + Voss kemasozlik zavodida 2021 yil oktyabr oyidan beri ta’mirlashda bo‘lgan. Amerika nashri xabariga ko‘ra, chorshanba kuni kemani ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishga kelmagan. Bunga Germaniya rasmiylarining Usmonovning mol-mulkini hibsga olish qarori sabab bo‘lgani aytiladi.
Usmonovning ushbu yaxtadan tashqari London, Myunxen va Monakodagi villalari ham bor.
156 metrli «Dilbar» yaxtasining narxi 600 million dollarga baholanadi. Ta’kidlashicha, bu dunyodagi eng katta motorli yaxta bo‘lib, uning ekipaji 96 kishidan iborat.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi rossiyalik milliarderlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llagani haqida xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter