Alisher Usmonovning «Dilbar»i Gamburgdan Bremenga olib ketildi
Germaniya hukumati Alisher Usmonovning «Dilbar» yaxtasini Gamburg portidan Bremenga o‘tkazdi. Bu haqda T-online xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, kemaning boshqa joyga ko‘chirilishi sabablaridan biri bo‘sh joy yetishmasligidir. Chunki yaxta kattaligi bois Gamburg portida juda ko‘p joyni egallab turgan.
Gamburgdagi bosh bojxona boshqarmasi matbuot kotibi yaxtaning kemasozlik zavodi tomonidan Bremenga ko‘chirilayotganini ma’lum qilgan.
«Yaxtaning boshqa joyga ko‘chirilishi rasmiylar tomonidan nazorat qilinmoqda. Bu hech qanday sanksiya qoidalarini buzmaydi», – degan rasmiy.
Eslatib o‘tamiz, Ikkita vertolyot maydonchasi va katta suzish havzasiga ega hashamatli yaxta aprel oyida Rossiyaning Ukrainadagi urushi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari doirasida Germaniyada hibsga olingan edi.
Ayrim manbalarda uning taxminiy qiymati 500 million yevro ekani aytiladi.
Shuningdek, ayni vaqtda yaxtaning haqiqiy egasini aniqlash ishlari davom etmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Usmonov dastlab yaxtaga egalik qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik 2017-yilda o‘z aktivlarini bilvosita singlisi Gulbahor Ismoilovaga o‘tkazib bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter