Alisher Usmonov yaxtasidagi 30 ta kartina musodara qilindi
Germaniya politsiyasi Alisher Usmonov tomonidan yig‘ilgan 30 ta kartinani musodara qildi. Kartinalarning umumiy qiymati kamida 5 million yevroga baholanmoqda.
Süddeutsche Zeitung nashri xabariga ko‘ra, kartinalar Usmonovga tegishli «Dilbar» yaxtasi intererining bir qismi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Germaniya hukumati Rossiyaning Ukrainaga harbiy harakatlari munosabati bilan Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovning 600 million dollarlik yaxtasini musodara qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter