Alisher Sultonov «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi lavozimidan ketdi
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov lavozimini tark etdi. Bu haqda «UzNews» nashri xabar berdi.
Uning o‘rniga «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimini O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Bahrom Ashrafxonov egalladi.
Alisher Sultonov 2015 yil avgustida kompaniya raisi etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Sultonov shu yilning 20 avgustida avtohalokatga uchrab, shifoxonaga yotqizilgandi.
«UzNews»ning o‘z manbalariga asoslanib ma’lum qilishicha, Alisher Sultanov hali ham davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter