Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Sa’dullayev «forslashgan» o‘zbek allomalari haqida

Alisher Sa’dullayev «forslashgan» o‘zbek allomalari haqida

Foto: Facebook / Sadullayev Alisher

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev buyuk ajdodlarimiz, ulug‘ allomalarimiz faoliyati ba’zi taniqli saytlar orqali noto‘g‘ri talqin qilinayotgani haqida yozdi.

«Va nihoyat yana bir ishonarli va chuqur tahlillarga asoslangan manba topa oldim (BBC.CO.UK). Afsuski, 20 nafar olim haqida gap ketgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan allomalar orasida birortasining vatani sifatida bizning yurtimiz keltirilmagan (hech bo‘lmasa, hozirgi O‘zbekiston deb ta’kidlanmagan). Yuklangan rasmlardagi ma’lumotni tarjima qilishga ulgurmadim, ammo o‘qib, haqiqatan g‘ururlandim.

Britaniya Parlamentidagilar bizning Buxoriy haqida hatto fikr bildirishgan (Baroness Varsi). Xorazmiy innovatsiyalar bobida yetuk olim bo‘lganini ta’kidlab o‘tishgan. Umuman olganda, bu kabi tafsilotlarning cheki yo‘q. Lekin...

Buxoriy — fors olimi deb tanishtirilgan.
Ibn Sino — Ibn Sino ham fors olimi deya ta’kidlangan.
Xorazmiy — taajublanarlisi, Xorazmiy ijodi bilan ham shu holat.
Beruniy — hatto Beruniyda ham.

Tushunaman, ijod asosan fors tilida olib borilgan bo‘lishi mumkin, ammo ularning ismlariga nazar soling: Buxoriy — Buxoro, Xorazmiy — Xorazm va boshqalar. Islom sivilizatsiyasi markazi shu o‘rinda juda muhim rolga ega. Xalqaro merosimiz va ilmiy manbalarimizni tiklash vaqti allaqachon keldi. O‘zimiz ham shunga loyiq bo‘lishimiz kerak. Ammo, yana o‘zimiz...», deb yozadi vazir o‘rinbosari o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring