Albaniyada zilzila qurbonlari soni 48 kishiga yetdi
Albaniyada halokatli zilzila qurbonlari soni 48 kishiga yetdi, 790 kishi jarohatlangan, deb yozadi «Koha Jone» gazetasi mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib.
Avvalroq 40 kishi hayotdan ko‘z yumgani va 650 kishi jarohatlangani ma’lum qilingandi.
Albaniyada seshanba kuniga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali yer qimirlagan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari, ayniqsa, Tiranada hamda zilzila epitsentriga eng yaqin joylashgan Durres shahrida kuchliroq sezilgan. Bir qancha binolar qulab tushgan, vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, qutqaruv ishlari Durresda davom etmoqda, lekin Tuman shahrida to‘xtatilgan. Taxminlarga ko‘ra, u yerda vayronalar ostida boshqa odam qolmagan. Mahalliy OAVning yozishicha, vayronalar ostidan 45 kishi qutqarib olingan bo‘lib, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter