AKT vazirligi Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi
Kecha, 31-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining «Ajlan & Bros.» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda elektron tijorat, onlayn to‘lov, raqamli savdo maydonchalari uchun «aqlli tizim»larni ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
«Kompaniya faoliyatini xalqaro bozorga olib chiqish maqsadida ayni kunlarda uzoq muddatli va barqaror aloqalar o‘rnatish uchun ishonchli hamkorlarni izlayapmiz. O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun mavjud sharoitlarni hisobga olib, biz bu yerda loyihalarimizni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz», — dedi «Ajlan & Bros.» kompaniyasi bosh menejeri Muhammad Alhas.
Tomonlar aloqalarni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter