Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «VEON» kompaniyalar guruhining bosh operatsion direktorini qabul qildi

AKT vaziri «VEON» kompaniyalar guruhining bosh operatsion direktorini qabul qildi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 24-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «VEON» kompaniyalar guruhining bosh operatsion direktori Shell Morten Yonsenni qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda vazir Shuhrat Sodiqov «VEON» kompaniyalar guruhining vakilini iliq kutib oldi va mazkur kompaniya bilan birgalikdagi hamkorlik izchil va konstruktiv mazmunga ega ekanini ta’kidladi.

«VEON» kompaniyalar guruhining operatsion direktori Shell Morten Yonsen vazirga «Beeline Uzbekistan» kompaniyasiga tayinlangan yangi bosh direktor S.Afoninni tanishtirdi. O‘z navbatida, vazir «Beeline Uzbekistan» kompaniyasining yangi rahbariga boshlanayotgan vazifasida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuv davomida telekommunikatsiyalar tarmog‘ini global darajada rivojlanishi yuzasidan eng so‘nggi tendensiyalar va soha istiqboli bo‘yicha fikrlar almashildi. Shuningdek, tomonlar «VEON» kompaniyalar guruhi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring