Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Besh avlod uchrashuvi»da ishtirok etdi (fotoreportaj)

AKT vaziri «Besh avlod uchrashuvi»da ishtirok etdi (fotoreportaj)

Foto: Sergey Nasledov

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da 9-may — Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlangan «Besh avlod uchrashuvi» ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkillashtirildi.

AKT vaziri Azim Axmedxodjayev urush faxriylari va mehmonlarni qutladi hamda ularga chuqur hurmat bildirib, esdalik sovg‘alari taqdim etdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev ham urush faxriylarini qutladi va faxriylarga og‘ir vaqtlardagi jasoratlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Tadbirning badiiy qismida Toshkent hahridagi 333-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan teatrlashtirilgan sahnalar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi orkestrining sozanda va xonandalari tomonidan harbiy va klassik kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring