Aksilkorrupsiya agentligiga yangi vazifa yuklatildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlaridagi ishonch telefonlarining doimiy ravishda ishlab turishini tekshirish uchun «Sirli mijoz» tadbiri asosida o‘rganish vazifasi yuklatilmoqda.
Bu haqda prezidentning korrupsiyaga oid farmonida aytiladi.
Bunda ishonch telefonlarining (Call-markaz) hamda davlat tashkilotlarining o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, ma’lumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligi, shu jumladan, tezkorligi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi darajasini tekshirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, farmonga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining maqomi oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter