Ahror Mahmudov: «Qiwi», «Yandeks.Dengi» va «WebMoney» bilan bitim imzolandi. «PayPal» bilan muzokara davom etmoqda»
«PayPal» to‘lov tizimi yaqin oylar ichida O‘zbekistonda ishga tushishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya O‘zbekiston bilan hamkorlikka katta qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi «Spot».
«UzCard» tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot «PayPal», «Yandeks.Dengi», «WebMoney» va «Qiwi» orqali hisobni to‘ldirish imkonini beradi va u «Asia Allance Bank» bankomatlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda yagona umumrespublika protsessing markazi bosh direktori Ahror Mahmudov ma’lum qildi.
Sinov muddati tugashi bilan xizmatlar boshqa banklarda ham joriy etiladi.
Onlayn-hamyonlarni naqd va plastik kartalar orqali terminallar va infokiosklarda to‘ldirish, shuningdek, «UzCard»ga bog‘langan holda «onlayn-rejim»da o‘tkazish mumkin.
«Aholi orasidagi o‘tkazilgan monitoringga ko‘ra, aksariyat xizmatlar uchun to‘lovlarni ushbu tizimlar orqali amalga oshirish ma’lum bo‘ldi. Biroq ular bunda uchinchi shaxslar xizmatidan foydalanishga majburdirlar. Bunda komissiya uchun hatto 9 foiz xizmat haqi olinadi. Yangi dasturiy ta’minot joriy etilsa komissiya to‘lovini valyutani konvertatsiya qiluvchi bank yechib oladi. O‘rtacha ushbu xizmat haqi 1 foizga teng bo‘ladi», — deydi Axror Mahmudov.
Hozirda «UzCard» tizimi «Qiwi» «Yandeks.Dengi» va «WebMoney» bilan bitim tuzgan. kompaniya hozirda «PayPal» bilan muzokara olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston «PayPal»ga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter