Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afsonaviy futbolchining o‘limida 7 nafar tibbiyot xodimi ayblanmoqda

Afsonaviy futbolchining o‘limida 7 nafar tibbiyot xodimi ayblanmoqda

Foto: «Inforeactor.ru»

San-Isidro shahar Bosh prokuraturasi argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning o‘limida yetti nafar tibbiyot xodimini ayblamoqda, deya xabar berdi EFE agentligi.

Ta’kidlanishicha, ularning barchasi mahalliy Jinoyat kodeksining «Bilvosita qasddan o‘limga sabab bo‘lish» moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Shifokorlar sakkiz yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Prokurorlarning materiallarida, shuningdek, futbolchining salomatligi bilan shug‘ullangan tibbiy jamoaning noo‘rin xatti-harakatlari to‘g‘risida ham qaydlar qilingan. Bundan tashqari, San Isidro prokuraturasi sudyadan ushbu ishga aloqador shaxslardan Argentinadan chiqishni taqiqlashni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Diyego Maradona o‘tgan yilning noyabr oyida 60 yoshida vafot etdi. O‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lib, u o‘pka shishishiga olib kelgan. Argentina prokuraturasi Maradonaning shaxsiy shifokori va hamshirasiga nisbatan odamni qarovsiz qoldirish va beparvolik to‘g‘risidagi moddalar bo‘yicha ish ochgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring