Afrikaga oq shlyapada bormang!
AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp Afrika bo‘ylab safarda yuribdi. Uning Keniyaga oq shlyapada tashrif buyurishi amerikalik jurnalistlarga yoqmadi. «The New York Times» gazetasi yozishicha, bu «yevropalik mustamlakachilar ramzi», prezidentning rafiqasi esa global masshtabda «qovunning kattasini tushirgan».
Maqolada Melanya Trampning oq shlyapasi afrikaliklar ekspluatatsiya qilinganini anglatishiga urg‘u berilib, kamiga birinchi xonimning oq ko‘ylak ham kiyib olgani tanqid qilingan.
Amerika prezidentining Afrikaga safardan maqsadi aslida insonparvarlikka qaratilgan tashabbuslarni, qit’a mamlakatlaridagi rivojlanish bo‘yicha dasturlarni qo‘llab-quvvatlash edi.
Melanya Trampning shlyapasiga qaytsak, nega u oq rangni tanlagani bizga qorong‘u, ammo quyosh nuridan himoyalanishda oq rangga yetadigani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter