Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yollangan «killer» politsiyachi bo‘lib chiqdi

Yollangan «killer» politsiyachi bo‘lib chiqdi

Keniyalik sobiq bank rahbari 52 yoshli Leonard Tuo Mvitiganing 22 yil birga yashagan xotini Amerikaga qochib ketdi. Sababi ayol erining tajovuzkor xatti-harakatlariga ortiq sabr qilishni istamagan. Leonard xotinini ortga qaytarishga urindi, ammo u qat’iy rad etdi. Bundan g‘azablangan er xotinini o‘ldirishga qaror qildi va Amerikaga yo‘l oldi. Qizig‘i u yordamni taksi haydovchisidan so‘radi. Ya’ni haydovchi unga killer topishga yordam berishi kerak edi. Leonardning maqsadi ayolni sekin-asta azoblanib o‘ladigan dori bilan zaharlash edi. Haydovchi Leonard bilan gaplashgan barcha suhbatlarini yashirincha yozib oldi.

Tez orada haydovchi Leonardni «killer» bilan tanishtirdi – yollangan «killer» politsiyachi bo‘lib chiqdi. Shunday qilib, jinoyatchi er hibsga olindi. Leonard Tuo Mvitiga 5 000 000 AQSh dollari maqdoridagi garov evaziga hibsda saqlanmoqda. Keyingi oydan sudga qaytishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring