Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda juma kuni masjidda yana portlash sodir bo‘ldi (video)

Afg‘onistonda juma kuni masjidda yana portlash sodir bo‘ldi (video)

Foto: «Deccanherald.com»

Shifokorning aytishicha, Spin-G‘ar hududidagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana 12 kishi yaralangan. Bu haqda «Al Jazeera» xabar berdi.

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatining Spin-G‘ar tumanidagi masjidda juma namozi paytida portlash sodir bo‘ldi. Aholi va Tolibon rasmiylariga ko‘ra, kamida 12 kishi jarohatlangan.

Tolibon harakatining ismini oshkor etmagan rasmiysi AFP axborot agentligiga portlash natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligini ma’lum qilgan.

«Men Spin G‘ar tumanidagi masjidda juma namozi paytida portlash bo‘lganligini tasdiqlayman», – dedi rasmiy.

Nangarhor viloyati hukumati matbuot kotibi Qori Hanifning aytishicha, bomba masjidga o‘rnatilgan ko‘rinadi.

Hududda istiqomat qiluvchi Atal Shinvarining Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 13:30 atrofida masjidning ichki qismida joylashgan portlovchi moddalar ishga tushirilganda sodir bo‘lgan. Boshqa bir fuqaro ham xuddi shuni tasdiqlagan.

Mahalliy shifoxona shifokorining AFP agentligiga aytishicha, kamida uch kishi halok bo‘lgan.

1, 8, 15-oktyabr — juma kunlari Afg‘onistondagi masjidlarda portlashlar oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi.

Xususan, 8-oktyabr juma nomozi vaqtida Qunduz viloyatidagi masjidda portlash bo‘lgandi. Unda yuz kishi qurbon bo‘lgani ma’lum qilingandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring