Advokat suddan Abduqodir Mo‘minovga «qamoq» bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turini so‘radi
Bugun, 1-avgust kuni bloger Abduqodir Mo‘minovning «ish»iga doir sud tergovi yakunlanib, tomonlar muzokarasi boshlandi.
Dastlab prokurorning to‘plangan materiallar va sud tergovi bo‘yicha qilgan xulosalari eshitildi. Unda prokuror suddan A.Mo‘minovni jinoyat kodeksining qator moddalarida aybdor deb topishni va uzil-kesil 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashni so‘radi.
Sudya, shuningdek, advokatga ham so‘z berilishini, ammo prokurorning muzokarasidan kelib chiqib, mijozi A.Mo‘minov bilan o‘zlarining himoya tutumlarini gaplashib olishlari uchun ularga yarim soat vaqt berilishini ma’lum qildi.
Yarim soat tanaffusdan so‘ng sud muzokarasi boshlandi va so‘z advokatga berildi.
Davlat advokati Ashrapova himoyasi ostidagi A.Mo‘minovning oilada boquvchi ekanini, muqaddam sudlanmaganini hamda aybiga qisman iqrorligini bildirib, suddan mijoziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turini qo‘llashni so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter