Adolf Gitler Namibiyadagi saylovlarda g‘alaba qozondi
Adolf Gitler ismi-sharifli siyosatchi Namibiyadagi mahalliy va mintaqaviy kengashlarga saylovlarda g‘olib chiqdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar bermoqda.
Adolf Gitler Uunona 85 foiz ovoz bilan sobiq Germaniya mustamlakasida mintaqaviy kengashga saylandi, u yerda bir qator ko‘chalar, joylar va odamlar hanuzgacha nemischa nomlar bilan ataladi.
1990-yilda Namibiya Janubiy Afrikaning aparteid rejimidan mustaqil bo‘lganidan beri boshqarib kelayotgan hukmron «SWAPO» partiyasining o‘rinni qo‘lga kiritgan siyosatchining ish dasturida «fashistlar mafkurasi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini» aytildi.
«Otam menga shu odamning ismini qo‘ygan. U Adolf Gitler kim bo‘lgani va nimani anglatishini tushunmagan bo‘lsa kerak», - dedi u.
«Men bolaligimda buni odatiy ism deb bilardim. Men faqat o‘spirinligimda buni tushundim. Mening bu ismim borligi men Oshana(siyosatchi saylangan okrug nomi)ni zabt etishni istamayman degani emas», - deydi u.
Uning «SWAPO» partiyasi butun mamlakat bo‘ylab ovozlarning 57 foizini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter