Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adolat» SDP jurnalistlar kuniga bag‘ishlab suzish musobaqasini tashkil qildi

«Adolat» SDP jurnalistlar kuniga bag‘ishlab suzish musobaqasini tashkil qildi

Foto:«Xabar.uz»

25-iyun kuni O‘zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan «27-iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni» munosabati bilan jurnalistlar o‘rtasida «Sog‘lom tanda - sog‘lom aql» shiori ostida suzish musobaqasi o‘tkazildi.

Toshkent shahar suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi bilan hamkorlikdagi tadbirda matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari, partiyaning tuman Kengashlari, faollar ishtirok etishdi.

Unda ommaviy axborot vositalarining 4 yo‘nalishi televideniye, radio, gazeta va saytlar o‘zaro bellashdilar.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

Shifokorlarning fikricha, muntazam ravishda suvda suzish mashqlari yurak qon-tomir tizimi uchun yaxshi foyda beradi. Chunki suzish bilan shug‘ullanadigan inson tanasida arterial qon bosimi me’yoriga keladi. Yurak mushaklari chiniqadi va uning elastikligi yanada ortadi. Suzishda - suv tanani bo‘shashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, mushakdagi spazmlarni yo‘qotadi. Miya tin olib, uyqu va xotira yaxshilanadi. Umurtqa pog‘onasida muammolari bor bemorlarning darddan forig‘ bo‘lishlariga xizmat qiladi. Qolaversa, umurtqa qiyshayishining odini oladi va bo‘g‘imlar bilan bog‘liq artrit xastaliklarini davolashda yaxshi samara beradi. Bir soat suvda suzish inson tanasini naqd 500 kilokaloriyadan xalos etadi.

Shartlarga ko‘ra, ishtirokchilar «Erkin usulda suzish», «Koptok bilan suzish», «Pufakchalar bilan suzish» bo‘yicha kuch sinashdilar. Har bir bosqichda jurnalistlar 25 metrga suzib, o‘z jamoalari sharafini himoya qilishdi. Musobaqa jarayonida «Toshkent» telekanali, «Adolat», «Jamiyat» gazetalari, «O‘zbekiston 24» radiokanali, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, «Xabar.uz» nashrlari vakillari faollik ko‘rsatishdi.

Foto:«Xabar.uz»

O‘rtoqlik uchrashuvi qiziqarli lahzalarga boy bo‘ldi. Unda jurnalistlar suzish bo‘yicha bor mahoratlarini ko‘rsatib, yig‘ilganlarga namuna bo‘lishdi. Shartlar natijalariga ko‘ra, «Yoshlar» radiokanali jamoasi 1-o‘ringa, «O‘zbekiston 24» radiokanali 2-o‘ringa, «Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

O‘zbekiston «Adolat» SDP
Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring