Adliya vaziri hokimiyatning yer ajratish bo‘yicha vakolatini qisqartirish kerakligini aytdi
Xalqaro press-klub sessiyada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-maydagi «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati muhokama qilinmoqda.
«O‘zA»ning yozishicha, sessiyada tadbirkorlarga yer ajratish bo‘yicha muammolar ham ko‘tarildi.
– Yer ajratishda byurokratik to‘siqlar bor. Viloyatlarda hokimliklar yerni auksionga chiqarmayapti. Hujjatlar stol ustida qolib ketayapti. Hokimiyatning yer ajratish bo‘yicha vakolatini qisqartirish kerak. Shu sababli Yer kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda, – deydi adliya vaziri Ruslanbek Davletov.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovning ta’kidlashicha, endilikda tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida Savdo sanoat-palatasidan ham vakil bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter