Abu-Dabidagi xalqaro shaxmat festivalida o‘zbekistonliklar g‘olib bo‘lishdi
Yoshlar ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev o‘z telegram-kanalida yozishicha, Abu-Dabi (BAA)dagi «28th Abu Dabi International Chess Festival» xalqaro festivalida shaxmatchilarimiz muvaffaqiyat qozonishdi.
Xalqaro grossmeyster Nilufar Yakubboyeva 31 ta davlatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi-qiz orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
«Ayol-qizlarimizni e’zozlasak, munosib qo‘llab-quvvatlasak, ular dunyoni zabt etish salohiyatiga egalar», — deb yozdi Sa’dullayev.
Abu-Dabidagi xalqaro shaxmat festivalida yuz bergan yana bir quvonchli voqea 10 yoshli shaxmatchimiz Abdumajid Botiraliyev o‘z yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter