Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abu-Dabida dunyodagi birinchi sun’iy intellektli shahar quriladi

Abu-Dabida dunyodagi birinchi sun’iy intellektli shahar quriladi

Foto: TechJuice

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi amirligi hukumati dunyodagi ilk to‘liq sun’iy intellektga asoslangan shahar qurilishini e’lon qildi.

Shahar nuldan boshlab barpo etiladi. Loyiha qiymati — 2,5 mlrd dollar.

Aion Sentia deya nomlanuvchi ushbu shahar Abu-Dabi amirligini raqamli transformatsiya qilishda muhim o‘rin tutadi. Shaharni 2027-yilda to‘liq qurib bitkazish rejalashtirilgan.

Sun’iy intellektli shahar iqtisodiy taraqqiyot, davlat xizmatlarining ishlashi va hatto kundalik hayot haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuborishi aytilmoqda.

Yangi shahar muqobil transport, tejamkor elektr energiyali infratuzilma va SI asosidagi boshqaruv tizimiga ega bo‘ladi.

Loyiha kiberxavfsizlik, robototexnika, ma’lumotlarni boshqarish va SI odob-axloqi kabi sohalarda 5 ming kishini ish bilan ta’minlashi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring