Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Chexiya prezidenti bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Chexiya prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Chexiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat prezidenti Pyotr Pavel bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, qabulda dastlab, Chexiya prezidenti Pyotr Pavel O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda olib borayotgan islohotlari va ochiq tashqi siyosatlarini olqishlab, davlatimiz rahbariga samimiy salomini yetkazib qo‘yishni so‘ragan.

O‘z navbatida, Bosh vazir Abdulla Aripov Chexiya prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning ham salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Uchrashuvda qayd etilganidek, bugun O‘zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosat olib bormoqda. Pirovardida, xorijiy davlatlar, ayniqsa, Yevropa Ittifoqi bilan teng va o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston-Chexiya o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlik kengayayotgani, vazirlar darajasidagi aloqalar ham faollashib borayotgani bunga misol.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, energetika, transport, turizm, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar, turizm, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

* * *

Umuman olganda, O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning «Shkoda», «Omnipol», «Kristal Bogemiya», «Primako» va boshqa  yetakchi firma va kompaniyalari vakillari bilan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish maqsadida bir qator korxonalarga tashrif buyurildi.

Chexiyaga tashrif yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 800 million yevrodan ziyod investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring