Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaga bordi
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 1-mart, chorshanba kuni Berlin shahrida yuo‘lib o‘tgan ikki davlat Savdo-sanoat palatalari ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumida ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda rasmiylardan tashqari kompaniyalar rahbarlari hamda 400 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ham qatnashgan.
Qayd etilishicha, bugun, 2-mart kuni Gamburgda «O‘zbekiston iqtisodiyoti kuni» bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov taqdimot qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter