Abdulaziz Komilov Ukraina bo‘yicha savolga javob berdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan II Diplomatik forumda qatnashayotgani xabar berilgandi.
Unda xorijiy jurnalistlarga interyu bergan Abdulaziz Komilov Ukraina voqealariga munosabat bildirdi.
— Biz juda xavotirdamiz, bu haqida ko‘p gapirishimiz mumkin. Ammo dunyodagi aksariyat odamlar kabi, biz ham kuch ishlatish to‘xtashini va barcha muammolar siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilinishini xohlaymiz,—deya ma’lum qilgan TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, mojaro boshlangan vaqtda O‘zbekiston tomoni neytral pozitsiya bildirib, urushni to‘xtatish va diplomatik muzokaralarga chaqirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter