Abdulaziz Komilov Hindiston va Eron TIV rahbarlari bilan uchrashdi

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
Joriy yilning 10-fevral kuni Tehron shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Vazirlar tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Eron aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Uchrashuvda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bugun, 12-fevral kuni Dehli shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Hindistonning siyosiy, ishbilarmon va boshqa doiralari orasida ikki mamlakat hamkorligini yanada mustahkamlashga qiziqish oshayotganligi qayd etildi. O‘zbekiston va Hindistonning yetakchi firma va kompaniyalari vakillari uchun shart-sharoit yaratish va ular o‘rtasidagi aloqalarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratildi.
Hindiston tomoni Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent forumini o‘tkazishga oid O‘zbekiston tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter